Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Professional mediatorlarni tayyorlash kurslari bitiruvchilarga sertifikat topshirildi

Xabaringiz bor, TDYU huzuridagi Professional o‘qitish markazida navbatdagi professional mediatorlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi. 24 nafar tinglovchilar qatnashgan mazkur o‘quv kurslarida mashg‘ulotlar 6 nafar professional mediatorlar, advokatlar hamda yuqori malakali huquqshunoslar tomonidan olib borildi.

40 soatga mo‘ljallangan ushbu o‘quv kurslarida mashg‘ulotlar bir vaqtning o‘zida bevosita va masofaviy taʼlim shaklida o‘tkazildi.

Kursni muvaffaqiyatli tugatgan barcha bitiruvchilarga davlat namunasidagi sertifikatlar topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, kursni muvaffaqiyatli tugatib maxsus sertifikatni qo‘lga kiritgan bitiruvchilar professional mediatorlar reyestriga kiritilib, mustaqil mediatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar