Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Street Law” loyihasi Yunusobod tumani maktablarida

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Husniobod” va “Matonat” mahallalarida ilmiy yondashuv asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha metodika va tajriba yaratish bo‘yicha imzolangan yo‘l xaritasiga ko‘ra, TDYU “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi tomonidan mahalladagi 53-, 80-umumta’lim maktablarida “Street Law” loyihasiga start berildi.

80-maktabda “Huquqlaringiz uchun kurashmoqchimisiz? Avval ularni biling! (Inson huquqlari)” mavzusida o‘tkazilgan ilk darsni kafedra o‘qituvchilari Abror Mamajonov va Nargizaxon Raximjonova boshchiligida volontyor-talabalar Shohruh Jo‘rayev, Jaxongir Boltabayev, Munisa Raimova olib bordi. 

Loyiha darslari mazkur maktablarda davom etmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar