Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Ommaviy huquqning xalqaro va dolzarb muammolari maktabi TDYU talabalari uchun akademik almashinuv dasturini e’lon qiladi

Gdansk univetsiteti Ommaviy huquqning xalqaro va dolzarb muammolari maktabi (School of International and Advanced Problems of Public Law) 2023–2024-o‘quv yili qishki semestri uchun akademik almashinuv dasturini e’lon qildi.

Akademik almashiniv dasturida Toshkent davlat yuridik universitetining ham an’anaviy, ham sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalari ishtirok etishi mumkin.

Ushbu dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan o‘rtacha GPA kamida 70% bo‘lishi va rus tilini bilishi talab qilinadi.

Xorijiy universitetda akademik mobillik dasturi doirasida o‘qishni istagan talabalar 15-mayga qadar quyidagi hujjatlarni fakultet dekanatlariga taqdim etishi kerak:

1. Akademik transkript nusxasi;
2. Chet elga chiqish uchun pasportning shaxsiy ma'lumotlari ko‘rsatilgan varaqning nusxasi;
3. Ariza;
4. Ingliz tilini bilish sertifikati.

Shuningdek, dasturda ishtirok etish uchun quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://bit.ly/3LXzqWI⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

Hodisalar

Barcha e'lonlar