Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU AQSHning Pensilvaniya shtati universiteti bilan hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islambek Rustambekov AQSHning Pensilvaniya shtati universiteti va uning yuridik fakultetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitetning xalqaro aloqalar boʻyicha vitse-prezidenti Rodjer Brindley va yuridik fakultet dekani Viktor Romero bilan uchrashuv tashkil etilib, TDYU va Pensilvaniya shtati universiteti oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida universitetlar oʻrtasida akademik almashinuvni kengaytirish, AQSH professorlarini TDYUda dars oʻtish uchun jalb etish, TDYU bitiruvchilarini mazkur universitetning magistraturasiga qabul qilinishni kengaytirish, shuningdek, ikki diplomli magistratura yoʻnalishlarini ochishga kelishib olindi hamda mazkur masalalarni amalga oshirish yuzasidan yoʻl xaritasi imzolandi.

Ma’lumot uchun: Pensilvaniya shtati universiteti dunyo universitetlarining TOP-100 ro‘yxatiga kiradi. Bugungi kunda 23 nafar oʻzbekistonlik talaba mazkur universitetning magistraturasini tamomlamoqda. Yangi oʻquv yilida 80 nafarga yaqin oʻzbek talabalarining Pensilvaniya shtati universiteti magistraturasiga qabul qilinishi kutilmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar