Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Shaxsiy rivojlanish va moliyaviy savodxonlik” mavzusida seminar-trening tashkil etiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan universitet xotin-qizlari uchun tashkil etilayotgan mashg‘ulotni tajribali ekspertlar Dilrabo Egamova, Shohida Ibragimova va Maftuna Arabbayeva olib boradi.

Treningda ishtirokchilarga “Ijtimoiy tarmoqda shaxsiy brendni tanitish”, “Moliyaviy savodxonlik kerakmi?” va “Qobiliyatlar va ular ortidagi daromadni aniqlash” mavzularida foydali ma’lumotlar beriladi.

Seminar-trening 18-may 13:30 dan boshlab TDYU 3-bino Axborot-resurs markazida o‘tkaziladi. Unda barcha xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar