Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU ilk marotaba Round University Ranking xalqaro reytingining TOP-1000 taligidan joy egalladi

Ta’lim sifati bo‘yicha jahonda 415-o‘rin bilan TOP-500 talikda qayd etildi.

Round University Ranking (RUR) dunyoning yetakchi universitetlarini baholovchi global reyting bo‘lib, 2010-yildan buyon jahonning 85 ta davlatidan nufuzli universitetlarni 4 ta yo‘nalish bo‘yicha (20 ta ko‘rsatkich) taqqoslab keladi. Bular ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, xalqaro xilma-xillik va moliyaviy barqarorlik yo‘nalishlaridir.

Bugun Round University Ranking xalqaro reyting tashkilotining 2023-yil uchun natijalari e’lon qilindi. TDYU umumiy reytingda 892-o‘rinni egallab, TOP-1000 talikdan o‘rin egalladi.

Quvonarlisi shundaki, universitet xalqaro xilma-xillik yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonda (Country rank) 1-o‘rin , ta’lim sifati yo‘nalishi bo‘yicha esa xalqaro reytingda 415-o‘rinni egallab, TOP-500 talikda qayd etildi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar