Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Xitoyning Duan&Duan yuridik firmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoiy odil sudlov” fakulteti dekani Dildora Kamalova, xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Muxammad Ali Ramazonov hamda Duan&Duan yuridik firmasi direktori Leng Kaivey ishtirok etdi.

Tadbirda memorandum doirasida TDYU va Xitoydagi yuridik maktablar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, TDYU talabalariga Xitoy va xalqaro tashkilotlardagi huquqshunoslar bilan professional tarmoq imkoniyatlarini taqdim etish, TDYUga ma’ruzalar o‘qish uchun Xitoydan huquqshunos va ekspertlarni jalb qilish, TDYU va Xitoydagi huquqshunoslik maktablari oʻrtasida gʻoyalar, maʼlumotlar va nashrlar almashinuviga koʻmaklashish, metodik almashinuv va o‘quv jarayonini samarali boshqarish, jumladan, TDYUda innovatsion o‘qitish usullarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tadbir davomida hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Duan&Duan tomonidan Xitoydagi yetakchi professorlarni TDYUda pedagogik faoliyat olib borish uchun yuborishni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: Duan & Duan Xitoyning eng nufuzli yuridik firmalaridan biri hisoblanadi. Mazkur firma xalqaro yuridik xizmatlar, birinchi navbatda, transchegaraviy sarmoya va moliya, savdo va nizolarni hal etish bo‘yicha yetakchilardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, TDYU delegatsiyasi Xitoyning “ASEAN” huquqiy tadqiqot markazi (China ASEAN legal research center)ga ham tashrif buyurib, markaz bosh direktori Alexander Zahar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda TDYU va Xitoyning “ASEAN” huquqiy tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar