Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Yuridik texnikumlar pedagoglari uchun “Mintaqaviy muloqot” XNNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar-treninglar yakunlandi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Mintaqaviy muloqot” XNNT bilan hamkorlikda Adliya vazirligi yuridik texnikumlari pedagog xodimlari uchun seminar-treninglar tashkil etilgan edi.

3 oy davomida masofaviy tarzda o‘tkazilgan mashg‘ulotlarni “Mintaqaviy muloqot” tashkilotining mutaxassislari: York universiteti huquqiy ta’lim bo‘yicha bosh konsultanti, professor Richard Grimes, Truman Boden universiteti professori, “Street law” bo‘yicha maslahatchi, huquqshunos Endryu Perkins, Nyu York yuridik maktabi professori Kris Franklin, “Street Law” yuridik o‘quv dasturlari bo‘yicha maslahatchisi Emi Uolles hamda TDYU “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi dotsenti v.b Kamola Aliyeva olib bordi.

Loyihaning yakuniy bosqichida mutaxassislar yuridik texnikumlarga tashrif buyurib, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib bordi.

Seminar-treninglar davomida ishtirokchilarga dars o‘tish mahorati va baholash mezonlari, o‘quv jarayonlariga ilg‘or ta'lim standartlarini joriy etishga qaratilgan zamonaviy shakllar va usullardan keng foydalanish hamda innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida darslarni yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar