Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi


Shiorimiz: Kuch adolatdadir

Bizning maqsadimiz: Ilmiy-intellektual resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanib, istiqbolda zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish hamda zamon talablariga javob beradigan yangi avlod darsliklarini yaratish, ustoz-shogird tizimini yo‘lga qo‘yish orqali jinoyat-huquqiy fanlar bo‘yicha tan olingan ilmiy maktablarni yaratish. 

Bizning vazifalarimiz

o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga muvofiq o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etish, mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan va yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash;

kafedra ilmiy salohiyatini kuchaytirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish, ilmiy loyihalarni jalb etish hamda taʼlim va fan uzviy bog‘liqligini taʼminlash;

talabalarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, jamiyat va davlat oldida o‘z masʼuliyatini his etish ruhida tarbiyalash, ularga insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat, halollik, huquq ustuvorligi tamoyillarini singdirish;

xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yetakchi chet el mutaxassislarni o‘quv va ilmiy tadbirlarga jalb etish, talaba va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish bo‘yicha;

taʼlim sifati tahlilini olib borish va uni oshirish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish.

Bizning fanlar:

Bakalavriatda 5 ta fan:

- Jinoyat huquqi;

- Maʼmuriy javobgarlik;

- Jinoyat-ijroiya huquqi;

- Kriminologiya;

- Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorati.

Magistraturada 4 ta fan:

- korrupsiyaviy va iqtisodiy  jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish;

- Jinoyat huquqiy siyosat istiqboli;

- Jinoiy jazo va uni tayinlash;

- Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish muammolari;

 
Ilmiy salohiyat – 64%

Kafedra tomonidan 2018-2021 yillarda:

- 8 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 19ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqola, shulardan “Web of Science”, “Scopus” bazalarida 15ta ilmiy maqola, 200 dan ortiq master-klasslar tashkil etilgan.

Shuningdek, - 10 ta xalqaro; - 43 ta respublika ilmiy konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazilgan.

Bizning dastur va loyihalarimiz

Bugungi kunda kafedrada ikkita ilmiy to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan:







1) “Anti-corruption and compliance” ilmiy to‘garagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oldini olish hamda ularni oldini olishda komplayens nazorat tizimini joriy etish bilan bog‘liq masalalarni amaliyot bilan bog‘lagan holda o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilgan. To‘garak tomonidan joriy o‘quv yilining o‘zida qator tadbirlar amalga oshirildi. To‘garakning ro‘yxatdan o‘tgan aʼzolarining soni 20 nafar, Telegram kanalidagi obunachilarining soni esa 570 nafarga yetdi.

2) “Криминолог и Я” ilmiy to‘garagi bo‘lib, to‘garak faoliyati asosan, jinoyat huquqi, jinoyat-ijroiya huquqi, kriminologiya fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Ushbu fanlarni o‘rganishda nazariya bilan amaliyotni hamohang qilgan o‘rgatish hamda dars mashg‘ulotlarini Yuridik klinika tizimida tashkil etishga eʼtibor qaratilgan.  To‘garakning ro‘yxatdan o‘tgan aʼzolarining soni 30 nafar, Telegram kanalidagi obunachilarining soni esa 350 nafarga yetdi.

 

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Bugungi kunda kafedrada 2 nafar professor va 3 nafar dotsent, 3 nafar katta 15 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Biz talabalarda nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash maqsadida uzluksiz ravishda sudyalar va soha mutaxassislari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etiladi.

Shuningdek, 26 nafar mustaqil-izlanuvchi va 3 nafar doktorant o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etmoqda.


Bizning xodimlarimiz:





Hakimov Komil Baxtiyarovich

kafedra mudiri v.b., dotsent, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Zufarov Rustam Ahmedovich

professor, yuridik fanlari doktori

O‘razaliyev Murodbek Qorayevich

professor, yuridik fanlari doktori

Niyozova Salomat Saparovna

professor vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlari doktori

Abzalova Xurshida Mirziyatovna

dotsent, yuridik fanlari doktori

Xaydarov Shuxratjon Djumayevich

dotsent, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Ermatov G‘ayratjon Oqmirzayevich

dotsent v.b., yuridik fanlari nomzodi

Allanova Azizaxon Avazxonovna

dotsent v.b.,yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Altiyev Razzoq Saidovich

dotsent v.b., yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Fazilov Farhod Maratovich

dotsent v.b., yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovich

dotsent v.b, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Xudaykulov Feruzbek Xurramovich

dotsent v.b.,yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Rozimova Qunduz Yuldashevna

katta o’qituvchi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Sunnatov Vohid Toshmurodovich

katta oqituvchi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Eshquvatov Bobomurod Abror o’gli

o‘qituvchi

Hojiyev Nosirjon Komilovich

o‘qituvchi

Mamajonov Abrorbek Mirabdullayevich

o‘qituvchi

Muhamadaliyev Elmurod Dilmurаdovich

o‘qituvchi

Otaboyev Bobur Ibrat o’g’li

o‘qituvchi

Raximjonova Nargizaxon Raximjonovna

o‘qituvchi

Shamsiddinov Zayniddin Ziyoviddinovich

o‘qituvchi

To‘rabayeva Ziyoda Yakubovna

o‘qituvchi


Kafedra professor-o‘qituvchilarining maslahat kunlari

Lavozimi

F.I.O

Konsultatsiya vaqti

1.

kafedra mudiri v.b., dotsent, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Hakimov Komil Baxtiyarovich

seshanba 9.00-12.00

2.

professor, yuridik fanlari doktori

Zufarov Rustam Ahmedovich

seshanba 9.00-12.00

3.

professor, yuridik fanlari doktori

O‘razaliyev Murodbek Qorayevich

dushanba 9.00-12.00

4.

professor vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlari doktori

Niyozova Salomat Saparovna

seshanba 9.00-12.00

5.

dotsent, yuridik fanlari doktori

Abzalova Xurshida Mirziyatovna

payshanba 9.00-12.00

6.

dotsent, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Xaydarov Shuxratjon Djumayevich

payshanba 9.00-12.00

7.

dotsent v.b., yuridik fanlari nomzodi

Ermatov G‘ayratjon Oqmirzayevich

seshanba 9.00-12.00

8.

dotsent v.b.,yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Allanova Azizaxon Avazxonovna

dushanba 9.00-12.00

9.

dotsent v.b., yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Altiyev Razzoq Saidovich

seshanba 9.00-12.00

10.

dotsent v.b., yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Fazilov Farhod Maratovich

juma 9.00-12.00

11.

dotsent v.b., yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovich

seshanba 9.00-12.00

12.

dotsent v.b.,yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Xudaykulov Feruzbek Xurramovich

seshanba 9.00-12.00

13.

katta o’qituvchi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Rozimova Qunduz Yuldashevna

chorshanba 9.00-12.00

14.

katta oqituvchi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Sunnatov Vohid Toshmurodovich

seshanba 9.00-12.00

15.

o‘qituvchi

Eshquvatov Bobomurod Abror o’gli

juma 9.00-12.00

16.

o‘qituvchi

Hojiyev Nosirjon Komilovich

dushanba 9.00-12.00

17.

o‘qituvchi

Mamajonov Abrorbek Mirabdullayevich

seshanba 9.00-12.00

18.

o‘qituvchi

Muhamadaliyev Elmurod Dilmurаdovich

payshanba 9.00-12.00

19.

o‘qituvchi

Otaboyev Bobur Ibrat o’g’li

seshanba 9.00-12.00

20.

o‘qituvchi

Raximjonova Nargizaxon Raximjonovna

dushanba 9.00-12.00

 

Bizning manzil: 

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 1-o‘quv binosi, 106; 107; 113-xona

Murojaat uchun telefon raqami: Tel: 233-66-36, 1056 (ichki)

Elektron pochta: www.criminal law@tsul.uz