Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Oсновы клинического юридического образования” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Otabek Narziyev tomonidan tayyorlangan “Oсновы клинического юридического образования” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etildi. Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanmada yuridik klinikada fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish jarayonida ishtirok etadigan talabalar uchun mavzular va ma’lumotlar mavjud.

Qo‘llanmada muallif talabalarda yuridik klinikaga murojaat qilgan fuqarolarni qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularning murojaatlaridagi huquqiy muammolarni aniqlash va ushbu muammolarni hal qilish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berishni maqsad qilgan.

Ushbu qo‘llanma yuridik klinika ga o‘qishga kirgan talabalar, klinikaning o‘qituvchi-kuratorlari, fuqarolarning murojaatlari va yuridik maslahatlar bilan ishlashga qiziqqan shaxslar uchun mo‘ljallangan.

“Oсновы клинического юридического образования” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi bilan universitet Axborot-resurs markazida tanishish, shuningdek, uni sotib olish uchun universitetga murojaat qilish mumkin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar