Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Muattara Rahimova Xitoy Xalq Respublikasining Harbin texnologiya institutida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy forumda ishtirok etdi

Xitoy Xalq Respublikasining Harbin texnologiya institutida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida “Research on the Shanghai Cooperation Organization under the Belt and Road Initiative” mavzusida xalqaro ilmiy forum o‘tkazildi.

Xalqaro ilmiy anjumanning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida Shanxay hamkorlik tashkilotida hamkorlikni rivojlantirish” nomli sessiyasida Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Muattara Rahimova “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan hamkorligi” mavzusida ma’ruza taqdim etdi. Ma’ruza forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Forum doirasida Harbin texnologiya instituti bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar