Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent shahridagi maktablarda “Street Law” darslari boshlandi

Toshkent davlat yuridik universitetining volontyor-talabalari tomonidan TDYU qoshidagi akademik litsey, Toshkent shahrida joylashgan “Euroasia School” xususiy maktabi va 15 ta umumta’lim maktablarida “Street Law” loyihasi mashg‘ulotlari o‘tkazilishi boshlandi.

“Qonunlar nima va ular nima uchun kerak?” mavzusida o‘tkazilgan birinchi darsda o‘quvchilarga qonunlarning zarurati va maqsadlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, o‘quvchilar qonunlar va axloq o‘rtasidagi farqni tahlil qilib, mavzu bilan bog‘liq interfaol topshiriqlarni bajardi.

“Street Law” loyihasi darslari davom etmoqda.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar