Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Targʻibot poyezdi” ishtirokchilari taqdirlandi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligi, referendum borasidagi bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish maqsadida “Men befarq emasman” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi oʻtkazildi.

Loyiha doirasida mamlakatimizning 14 ta hududidagi 150 dan ortiq oliy va professional ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, harbiy qismlar, aholi yashash manzillarida huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Kuni kecha TDYUda”Targʻibot poyezdi” loyihasi yakunlariga bagʻishlangan tadbir va loyiha ishtirokchilariga sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda universitet birinchi prorektori Ahror Hoshimxonov, “Ommaviy huquq” fakulteti dekani Shahzod Saydullayev va “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti dekani Otabek Bobojonov soʻz olib, loyihada ishtirok etgan barcha professor-oʻqituvchilar va talabalarga minnatdorchilik bildirdi.

Yakunda loyihani o‘tkazish va tashkil etishda faollik ko‘rsatgan 125 nafar ishtirokchi moddiy va ma’naviy rag‘batlantirildi, ularga maxsus sertifikatlar topshirildi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar