Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

BMT modeli o‘tkazildi

TDYUda “TSULMUN” klubining faol talabalari tomonidan tashkil etilgan sessiyalar davomida delegatlar o‘zining siyosiy, huquqiy bilimlari, notiqlik mahorati, jamoada ishlash, diplomatik etika va yetakchilik qobiliyatini namoyish etdi.

Simulyatsiya davomida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Inson huquqlari bo‘yicha Kengash hamda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash qo‘mitalariga bo‘lingan delegatlar rezolyutsiya loyihalarini muhokama qilib, ularga qo‘shimcha va o‘zgartish borasida o‘z takliflarini bildirdi. Sessiyalar yakunida barcha qo‘mitalar tomonidan rezolyutsiyalar qabul qilindi va har bir qo‘mitaning prezidiumi tomonidan ma’qullandi.

Yakunda barcha uchun sevimli bo‘lgan va har bir delegatning yodida qolgan “gossip box” ochilib, undagi samimiy tilaklar o‘qib eshittirildi. Barcha delegatlarga faol ishtiroki uchun sertifikat topshirildi. 

BMT modelining yopilish marosimida TDYU rektori Rahimjon Xakimov ishtirok etib, turli nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan delegatlarni sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirladi. 

Quyida ular bilan tanishingiz mumkin:

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qo‘mitasi:

eng yaxshi delegat — Qamariddin Eshpulatov (1.000.000 so‘m);

eng yaxshi yosh ishtirokchi (freshman) — Oqilbek Adizov (300.000 so‘m);

eng yaxshi notiq — Ibrohim Sultonmurodov (300.000 so‘m);

eng yaxshi munosabat nutqi — Muhammadumar Muqimjonov (300.000 so‘m).


Inson huquqlari bo‘yicha Kengash qo‘mitasi: 

eng yaxshi delegat — Samiyev Samandar (1.000.000 so‘m);

eng yaxshi yosh ishtirokchi (freshman) — Shopo‘latov Jaloliddin (300.000 so‘m);

eng yaxshi notiq — Urmanjanov Xurshid (300.000 so‘m);

eng yaxshi munosabat nutqi — Boratova Ziyoda (300.000 so‘m).


Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash qo‘mitasi:

eng yaxshi delegat — Barakatulloh Azimi (1.000.000 so‘m);

eng yaxshi yosh ishtirokchi — Abdusattorov Jaloliddin (300.000 so‘m);

eng yaxshi notiq — Xusenova Guzal (300.000 so‘m);

eng yaxshi munosabat nutqi — Jurayev Xushnazar (300.000 so‘m).










So`ngi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda ingliz tili fanidan “Law and Society” mavzusida Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Umida Xaydarova tomonidan mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, huquqiy mavzular asosida so‘z boyligini kengaytirish, og‘zaki nutqni rivojlantirish, fikrni mantiqiy va asosli bayon etish ko‘nikmalari shakllantirildi. Interaktiv muhokamalar, savol-javoblar va amaliy vaziyatlar orqali tinglab tushunish hamda tanqidiy fikrlash kompetensiyalari mustahkamlandi. *** Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Germaniyaning Regensburg universiteti yuridik fakulteti talabalari uchun “Raqamli asrda ta’lim oluvchilarning vaqtni boshqarish kompetensiyalariga smartfonlarning ta’siri” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Professor Mixaela Trenner-Xaberkorn bilan hamkorlikda tashkil etilgan mashg‘ulotni TDYU Xorijiy tillar sho‘basi professori v.b. Sarvar Akobirova, kafedra dotsenti v.b. Muyassarxon Baxriddinova hamda Huquq, jamiyat va madaniyat sho‘basi professori Minavvarxon Yunusova olib bordi. Mahorat darsida smartfon va raqamli qurilmalarning ta’lim jarayoni, diqqatni jamlash, rejalashtirish va vaqtni oqilona taqsimlashga ta’siri, zamonaviy vaqtni boshqarish usullari, raqamli intizomni shakllantirish, o‘quv jarayonida texnologiyalardan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi. *** Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchilari O. Saidov, Sh. Abdussatorov hamda A. Mo‘minov tashabbusi bilan Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulotni Marmara universiteti professori Can Yoney olib bordi. Mahorat darsida xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq sohalaridagi dolzarb masalalar, ushbu yo‘nalishlarda ko‘p yillik amaliy tajriba, shuningdek, Turkiya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik hamda ularning xalqaro munosabatlardagi o‘rni va roli yuzasidan atroflicha fikr almashildi. *** Toshkent davlat yuridik universiteti “Karyera” klubi tomonidan talabalarning xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “TOP universitetlarga grant yutish sirlari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulotni TDYU o‘qituvchisi va PhD tadqiqotchisi, Sidney universiteti magistratura bitiruvchisi, ko‘plab xalqaro grantlar sohibasi hamda 20 ga yaqin davlatlarda xalqaro tajribaga ega mutaxassis Munisa Rayimova olib bordi. Mahorat darsi davomida ishtirokchilarga nufuzli xorijiy universitetlarga grant topish va ularga to‘g‘ri ariza topshirish tartibi, kuchli motivatsion xat yozish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, suhbat jarayonida o‘zini munosib tarzda namoyon etish usullari hamda muvaffaqiyatli stipendiatlarning real tajriba va maslahatlari taqdim etildi.
28.12.2021

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar