Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Islom investitsiya mahsulotlari: xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi

Milliy iqtisodiyotga islom moliya sektorining taʼsiri kabi yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama etish, mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilayotgan konferensiyada TDYU, Butunrossiya davlat adliya universiteti Sankt-Peterburg filiali, Muxtor Auvezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya instituti professor-oʻqituvchilari ishtirok etadi.

Gibrid formatda o‘tkazilayotgan anjuman 31-may 10:00 da TDYU 234-xonada boshlanadi. Shuningdek, unda quyidagi ZOOM-link orqali ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/85805375711?pwd=NkYxb2Naa1V4emp2dkIwdnlOZFZOUT09

Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha materiallar taqdim etish mumkin:

  • Oʻzbekistonda islom moliyaviy mahsulotlari rivojining nazariy asoslari. • Islomda investitsion munosabatlarni tartibga solishda bu sohada ilgʻor mamlakatlar tajribasi.
  • Islom moliyasi mahsulotlaridan keng foydalanishda huquqiy-meʼyoriy asoslarni yaratish.
  • Islom moliyasida faoliyat koʻrsatuvchi mutaxassislar tayyorlash: Oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy hamkorlik.
  • Islom moliyasi mahsulotlaridan foydalanishda riskni maksimal kamaytirish mexanizmlari.

Konferensiya uchun materiallar (maqola va tezislar) o‘zbek, rus va ingliz tillarida 25-mayga qadar dilafruz.azimova2020@gmail.com elektron pochta orqali qabul qilinadi va 31-mayga qadar nashr etiladi.

Tashkiliy qo‘mita maqola va tezislarni tahrir qilish huquqiga ega. Taqdim etiladigan materiallardagi keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga mualliflar javobgardir. Talabga javob bermaydigan ishlar anjuman to‘plamiga kiritilmaydi. Konferensiya materiallari Google Scholar va Researche Gate xalqaro ilmiy tadqiqotlar elektron platformasida indekslanadi va anjuman ishtirokchilariga elektron sertifikat taqdim etiladi. Konferensiya maʼruzalar toʻplami mualliflar hisobidan nashr qilinadi. 
Maqolaning har bir beti uchun 20 000 soʻmdan nashr harajatlari toʻlanadi.

Konferensiya materiallariga qo‘yiladigan talablar: 
Ilmiy-amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga qamrab olgan, imlo xatosiz boʻlgan maqolalar 5 betdan oshmagan hajmda oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi talab etiladi. 
Maqola matni *doc. formatida, Times New Roman 14 kegl shriftida, satrlar oralig‘i 1,15 intervalda bo‘lishi lozim. 
Maqola sarlavhasi, annotatsiyasi va kalit so‘zlari maqola berilayotgan tilda, rus va ingliz tilida beriladi. Muallifning familiyasi, ismi va sharifi maqola sarlavhasidan keyin keltiriladi, shuningdek, ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi va elektron manzili ko‘rsatiladi.

Havola va foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi: 
manba havolasi kata qavs ichida, muallif familiyasi, nashr yili va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida maqola matnidan so‘ng beriladi.

Batafsil ma’lumot uchun Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat boshqaruvi” kafedrasi dotsenti v.b. Dilafro‘z Azimova (+998 95 021-00-20)ga murojaat qilishingiz mumkin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar