Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU talabalari Buyuk Britaniyaning Durham universitetida imtiyozli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islambek Rustambekov Buyuk Britaniyaning Durham universitetiga tashrif buyurib, xalqaro energetika nizolarini hal etishga bag‘ishlangan konferensiyada nutq so‘zladi va ushbu universitet bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Tashrif doirasida TDYU va Durham universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi va professor-o‘qituvchilar tashrifini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma dasturlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Muhokamalar yakunida TDYU talabalarini 3-kursdan so‘ng Durham universiteti magistraturasiga imtiyozli qabul qilish, 4-kurs va magistraturani birgalikda yakunlash uchun imkoniyat yaratish, shuningdek, qo‘shma doktorantura loyihasini joriy etishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, 2023–2024-o‘quv yilida Durham universitetining kamida 2 nafar professori TDYUga dars o‘tish uchun tashrif buyurishi belgilandi.

Ma’lumot uchun: 1832-yilda tashkil etilgan Durham universiteti Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lib, universitet joriy yilda QS xalqaro reytingida 78-o‘rinni egallagan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar