Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Botirjon Qosimov xalqaro forumda ishtirok etdi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Street Law” loyihasi koordinatori, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Botirjon Qosimov Qirgʻiziston Respublikasida tashkil etilgan “Yuristning ijtimoiy oriyentatsiyasi — huquqiy davlat barpo etishning asosiy elementi” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi.

Forum doirasida Botirjon Qosimov Oʻzbekistonda “Street Law” loyihasiga asos solinishi va rivojlanishi, loyihaning bugungi holati haqida ma'ruza qildi. Ma’ruza davomida forum ishtirokchilariga “Street Law” loyihasining oʻziga xos jihatlari va yutuqlariga doir muhim ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, loyihaning Oʻzbekistondagi holati va uni Markaziy Osiyoda rivojlantirish bilan bogʻliq savollarga javob berildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar