Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda onlayn test sinovlari o’tkaziladi


Talabalarning qishki ta'til davridagi bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda egallagan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilayotgan tanlovda testlar quyidagi fanlardan tuziladi: 
⁃ davlat va huquq nazariyasi hamda tarixi;
⁃ konstitutsiyaviy huquq;
⁃ ijtimoiy-siyosiy savollar;

Tanlov distant.tsul.uz platformasi orqali 17-yanvardan 21-yanvarga qadar 5 kun davomida bo'lib o'tadi va har kuni 30 tadan savol berib boriladi.

Har bir savolga 1 daqiqadan jami 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Eslatib o’tamiz, distant.tsul.uz platformasidan 10:00 dan 13:00 gacha foydalanish imkoniyati mavjud.

Test sinovlari o'zbek va rus tillarida o'tkaziladi.

5 kunlik natijalarga ko'ra eng ko'p ball to'plagan (o'zbek va rus tillarida alohida-alohida) ishtirokchilar darajali diplom hamda quyidagi miqdordagi pul mablag'lari bilan taqdirlanadi:
1-o'rin - 700 000 (yetti yuz ming) so'm;
2-o'rin - 600 000 (olti yuz ming) so'm;
3-o'rin - 500 000 (besh yuz ming) so'm;

Batafsil ma'lumot uchun @QamarbekMusayev telegram manzili yoki +99890 338-60-06 telefon raqamiga murojaat qiling.

So`ngi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda ingliz tili fanidan “Law and Society” mavzusida Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Umida Xaydarova tomonidan mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, huquqiy mavzular asosida so‘z boyligini kengaytirish, og‘zaki nutqni rivojlantirish, fikrni mantiqiy va asosli bayon etish ko‘nikmalari shakllantirildi. Interaktiv muhokamalar, savol-javoblar va amaliy vaziyatlar orqali tinglab tushunish hamda tanqidiy fikrlash kompetensiyalari mustahkamlandi. *** Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Germaniyaning Regensburg universiteti yuridik fakulteti talabalari uchun “Raqamli asrda ta’lim oluvchilarning vaqtni boshqarish kompetensiyalariga smartfonlarning ta’siri” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Professor Mixaela Trenner-Xaberkorn bilan hamkorlikda tashkil etilgan mashg‘ulotni TDYU Xorijiy tillar sho‘basi professori v.b. Sarvar Akobirova, kafedra dotsenti v.b. Muyassarxon Baxriddinova hamda Huquq, jamiyat va madaniyat sho‘basi professori Minavvarxon Yunusova olib bordi. Mahorat darsida smartfon va raqamli qurilmalarning ta’lim jarayoni, diqqatni jamlash, rejalashtirish va vaqtni oqilona taqsimlashga ta’siri, zamonaviy vaqtni boshqarish usullari, raqamli intizomni shakllantirish, o‘quv jarayonida texnologiyalardan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi. *** Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchilari O. Saidov, Sh. Abdussatorov hamda A. Mo‘minov tashabbusi bilan Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulotni Marmara universiteti professori Can Yoney olib bordi. Mahorat darsida xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq sohalaridagi dolzarb masalalar, ushbu yo‘nalishlarda ko‘p yillik amaliy tajriba, shuningdek, Turkiya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik hamda ularning xalqaro munosabatlardagi o‘rni va roli yuzasidan atroflicha fikr almashildi. *** Toshkent davlat yuridik universiteti “Karyera” klubi tomonidan talabalarning xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “TOP universitetlarga grant yutish sirlari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulotni TDYU o‘qituvchisi va PhD tadqiqotchisi, Sidney universiteti magistratura bitiruvchisi, ko‘plab xalqaro grantlar sohibasi hamda 20 ga yaqin davlatlarda xalqaro tajribaga ega mutaxassis Munisa Rayimova olib bordi. Mahorat darsi davomida ishtirokchilarga nufuzli xorijiy universitetlarga grant topish va ularga to‘g‘ri ariza topshirish tartibi, kuchli motivatsion xat yozish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, suhbat jarayonida o‘zini munosib tarzda namoyon etish usullari hamda muvaffaqiyatli stipendiatlarning real tajriba va maslahatlari taqdim etildi.
28.12.2021

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar