Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Akademik qarzdor talabalar uchun yozgi semestr 27-iyundan boshlanadi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan 2021/2022-o‘quv yili kuzgi semestrdan akademik qarzdor bo‘lgan 1-3-bosqich talabalar uchun yozgi semestr tashkil etilmoqda.

Yozgi semestr 27-iyunda boshlanadi hamda dars mashg‘ulotlari intensiv shaklda tegishli fanlardan bir oy davomida, har kuni 4-8 soatdan auditoriyalarda oflayn tarzda o‘tkaziladi.

O‘quv jarayonida talabalar oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirishi talab etiladi.

Dars mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlarning 25 va undan ortiq foizini sababsiz qoldirgan hamda to‘lovlarni amalga oshirmagan talabalar yakuniy nazorat imtihonlariga qo‘yilmaydi.

Kuzgi, bahorgi va yozgi semestr natijalariga ko‘ra akademik qarzdorligi 3 va undan ortiq fanni tashkil etgan talabalar tegishli kursda qoldiriladi.

Ma’lumot uchun: yozgi semestrda tahsil olayotgan talabalar TDYU Talabalar turar joyiga joylashishi mumkin. 
Talabalar turar joyiga joylashish uchun @TSUL_SSC_bot telegram boti yoki +998712336636 (1033) telefon raqamiga murojaat qiling.

Hodisalar

Barcha e'lonlar