Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchilari Sarbinaz Rasbergenova va Nodira Allaberganova Ibn Xaldun universiteti hamda Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “The Rise of Turkic World” (“Turkiy dunyoning yuksalishi”) mavzusidagi ikkinchi yozgi maktabda qatnashdi.
Yozgi maktab turkiy davlatlarning yetakchi olimlari, diplomatlari va mutaxassislarini turkiy mintaqa doirasida xalqaro hamkorlik, huquqiy aloqalar va barqaror rivojlanishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun bir joyga to‘pladi.
Keng qamrovli dastur doirasida TDYU vakillari xalqaro huquq bo‘yicha panel munozaralar, Turkiy davlatlar tashkilotining tuzilishi va vazifalari haqidagi seminarlar, diplomatik, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishga oid majlislar, shuningdek, yuridik ta’limning zamonaviy usullari bo‘yicha mahorat darslarida faol qatnashdi.