--:-- · --/--/----
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Baxshillo Xodjayev: “Professor Isa Xamedovning hayot yo‘li — ilm-fanga, vatanga va yosh avlod tarbiyasiga sodiqlikning oliy namunasidir”.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yuridik fanlar doktori, professor Isa Axlimanovich Xamedov xotirasiga bag‘ishlangan “Ma’muriy huquq islohoti: Hayot yo‘li” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda davlat hokimiyati organlari, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar vakillari hamda ustozning hamkasblari va shogirdlari ishtirok etdi.

Ma’muriy huquq islohotlarining bugungi holati, istiqbollari va ommaviy huquq rivojining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, yuridik fanlar doktori, professor Baxshillo Xodjayev ham nutq so‘zladi. TDYU rektori o‘z nutqida professor Isa Xamedovning O‘zbekiston yuridik ilm-fani, oliy ta’lim tizimi va ma’muriy huquq islohotlari rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, ustozning ko‘p yillar davomida TDYU, JIDU va boshqa nufuzli ta’lim muassasalarida samarali faoliyat yuritib, yuzlab malakali huquqshunoslar, diplomatlar va yetakchi kadrlarni tarbiyalagani, uning ilmiy merosi bugungi kunda ham yuridik ta’lim va tadqiqotlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilayotganini qayd etdi.

Shuningdek, Isa Xamedovning ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, qonunchilikni rivojlantirish hamda fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ilg‘or ilmiy g‘oyalari bugungi islohotlar uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etayotgani, ustoz tomonidan yaratilgan kuchli ilmiy maktab va 50 dan ortiq fan doktorlari hamda PhD kadrlarini tayyorlashdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Bundan tashqari, Isa Xamedov Toshkent davlat yuridik universiteti “Faxriy professori” unvoni bilan taqdirlangani ma’lum qilinib, yuksak e’tirof ramzi bo‘lgan unvon guvohnomasi ustozning oila a’zolariga topshirildi.

Tadbir davomida ma’muriy huquq sohasidagi islohotlarning yigirma yillik natijalari, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahriri loyihasi, davlat boshqaruvi islohotlari bo‘yicha qiyosiy tadqiqotlar va sudgacha bo‘lgan ma’muriy adliyani rivojlantirish istiqbollari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Davra suhbati davomida professor Isa Xamedovning ilmiy merosini asrab-avaylash, uning g‘oya va qarashlarini yosh tadqiqotchilar o‘rtasida keng targ‘ib etish hamda “Xamedov o‘qishlari – 2027” ilmiy konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti