--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

10 jamoa, o‘nlab an’analar: TDYUda dunyo madaniyatlari birlashdi

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universitetida “Girls Around the World” madaniy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

TDYU Xotin-qizlar kengashi ko‘magida “Gender Equality Club” tomonidan universitetning 2-talabalar turar joyida o‘tkazilgan tadbir turli madaniyatlar, milliy qadriyatlar va an’analarni birlashtirgan o‘ziga xos bayramga aylandi.

Tadbirda 10 ta jamoa O‘zbekistonning turli hududlari hamda xorijiy mamlakatlarning madaniy o‘ziga xosligini namoyish etdi.

Ishtirokchilar milliy liboslar, xalq raqslari va musiqalari, an’anaviy taomlar hamda tarixiy-madaniy merosga bag‘ishlangan ijodiy chiqishlari orqali tomoshabinlarni turli xalqlarning urf-odatlari bilan yaqindan tanishtirdi.

Jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan mazmun, ijodkorlik, milliy qadriyatlarni aks ettirish, sahna madaniyati va jamoaviy hamkorlik mezonlari asosida baholandi. 

Tadbir talaba-qizlar uchun nafaqat o‘z iste’dodi va ijodiy salohiyatini namoyon etish, balki boshqa xalqlarning tarixi, madaniyati va turmush tarzini o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatini ham yaratdi.

Mazkur tashabbus talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hamda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti