Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Roma Tre universiteti o‘rtasida anglashuv memorandum imzolandi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Tashkulov boshchiligidagi universitet delegatsiyasining Italiya Respublikasiga rasmiy tashrifi boshlandi.

Safarning ilk kunida delegatsiya a’zolari Rim shahrida joylashgan Roma Tre universiteti rektori Massimiliano Fioruchi va Jorjo Resta bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, USAID LRP ko‘magida Toshkent davlat yuridik universiteti va Roma Tre universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandumda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim va talabalarning akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, Roma Tre universiteti mutaxassislarini TDYUni ilmiy tadqiqot va o‘quv jarayonlariga jalb qilish, ta’lim muassasalari o‘rtasida turli g‘oyalar, axborot va o‘quv adabiyotlarini almashish uchun sharoit yaratish, oʻquv jarayonini samarali boshqarish va TDYUda oʻqitishning innovatsion usullarini tatbiq etish boʻyicha uslubiy yordam ko‘rsatish, universitet Yuridik klinikasi tadbirlari va faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashish hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish ko‘zda tutilgan.

TDYU delegatsiyasining Italiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Ma’lumot uchun: Roma Tre Universitetda 35 ming nafardan ziyod talaba tahsil oladi va 1370 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Ta’lim muassasasida 54 ta bakalavriat, 75 ta magistratura, 16 ta doktorantura va 5 ta PhD dasturlari mavjud.

Roma Tre universiteti talabalar soni bo‘yicha Rimning ikkinchi yirik universiteti va mamlakatdagi eng yirik tadqiqot muassasalaridan biridir.

Universitet QS xalqaro reytingida TOP-1000 ro‘yxatga kiritilgan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar