Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Scopus bazasida ilmiy maqolalar yozish tartibi va uning bosqichlari” mavzusida seminar-treningni Dilfuza Egamberdiyeva olib boradi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Scopus bazasida ilmiy maqolalar yozish tartibi va uning bosqichlari” mavzusida seminar-trening tashkil etilmoqda.

Professor-o‘qituvchilar uchun o‘tkazilayotgan mashg‘ulotni Scopus va Web of Science ilmiy texnik bazalarida 130 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi Dilfuza Egamberdiyeva olib boradi.

Mashg‘ulotda ilmiy maqola yozish usullari, mavzu tanlash, maqolalarni jurnallarga berish tartibi va bosqichlari haqida ma’lumot berilib, hozirda professor-o‘qituvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan asosiy kamchiliklar ko‘rib chiqiladi.

Mahorat darsi 28-sentabr 15:30 da TDYU 3-bino 234-xonada boshlanadi.

Ma’lumot uchun: Dilfuza Egamberdieva Scopus va Web of Science ilmiy texnik bazalarida 130 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, Germaniyaning Leibniz qishloq xo‘jaligi landshaft tadqiqotlari markazi yetakchi mutaxassisi va O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi “O‘zbek-Xitoy” qo‘shma ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi rahbari hisoblanadi. U bir qancha xalqaro ilmiy jurnallar (Springer, Elsevier, Frontiers, MDPI Shveytsariya) tahrir hay’ati a’zosi, 5 ta kitob muallifi, 200 dan ortiq maqolalar hammuallifi va "Ecobiome" jurnalining (O‘zbekiston) bosh muharriridir.

Hodisalar

Barcha e'lonlar