Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

fursatloyiha.uz orqali kredit ol va tadbirkorligingni boshla

Xabaringiz bor, joriy yilning iyun oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan “Fursat” davlat media-loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Hududlarning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini yuksaltirish, ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirish hamda yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va yangi ish oʻrinlari yaratish orqali ularning bandligini oshirishga qaratilgan loyihada tadbirkorligini boshlash uchun g‘oyaga ega, ammo uni hayotga tatbiq etish uchun yetarli tajriba va boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lmagan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Ushbu loyihada ishtirok etishni istagan yoshlar o‘z biznesini boshlash uchun gʻoya yoki tayyor biznes-reja mavjud boʻlsa, fursatloyiha.uz veb-sayti yoki @fursatloyiha_bot telegram-boti orqali ariza yuborishi kerak. Ushbu arizalar oʻrganilib, tasdiqlanganidan soʻng, loyiha muallifi yetti yil muddatga 100 ming dollargacha imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Bundan tashqari, yosh tadbirkorlarga o‘zi istiqomat qilayotgan viloyatdagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida ishlab chiqarish uchun 1000 kvadrat metrgacha yer ajratilishi mumkin.

Biznes-rejaga ega bo‘lmagan yoshlarga “Loyihalar fabrikasi” biznes-inkubatorlarining tajribali mutaxassislari tomonidan yangi loyihani ishlab chiqish uchun barcha zarur yordam koʻrsatiladi.

Ayni paytda davlat kapitali mavjud bo‘lgan quyidagi 10 ta tijorat banklari tomonidan yosh tadbirkorlar uchun kredit mablag‘lari ajratilmoqda:
1.  “O‘zmilliybank”;
2.  “O‘zsanoatqurilishbank”;
3.  “Asakabank”;
4.  “Qishloqqurilishbank”;
5.  “Agrobank”;
6.  “Turonbank”;
7.  “Ipoteka-bank”;
8.  “Mikrokreditbank”;
9.  “Xalq bank”;
10.  “Aloqabank”;

Hodisalar

Barcha e'lonlar