Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida “Gender tenglikni inobatga olgan holda odil sudlovni amalga oshirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda soha mutaxassilari, professor-o‘qituvchilar va ikki universitet talabalari ishtirok etdi. 

Seminar-treningda odil sudlovni amalga oshirishda gender tenglikni ta’minlash, bu jarayonda gender kamsitishni bartaraf etish, sud tizimida ayollarning mavqeini oshirish masalalari hamda 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasida belgilangan vazifalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, xalqaro standartlar va milliy gender qonunchilik, gender tenglikka oid sud va kvazi sud amaliyoti (Inson huquqlari bo‘yicha BMT organlari, hududiy sud orhanlari) xususida ma’lumot berildi.












Horizontal line

Hodisalar

Barcha e'lonlar