Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Sergeli tumanidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan spartakiada yakunlandi

Xabaringiz bor, TDYUda “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti tashabbusi bilan spartakiada tashkil etildi.

Spartakiadada “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakultetiga biriktirilgan Sergeli tumanidagi 322-, 349-, 350-, 351-, 352- va 353-maktab o‘quvchilari ishtirok etib, sportning 4 ta turi — mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennis bо‘yicha bellashdi.

Spartakiadaning birinchi kunida mini-futbol va shaxmat bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlangan bo‘lsa, ikkinchi kunida shashka va stol tennis bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi:

Stol tennis bo‘yicha:
О‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin – Davrom Abdurashidov, 351-maktab o‘quvchisi;
2-o‘rin – Azim Muxamedjanov, 322-maktab o‘quvchisi;
3-o‘rin – Quvonchbek Shaydullayev, 322-maktab o‘quvchisi.

Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Yulduz Odilova, 352-maktab o‘quvchisi;
2-o‘rin – Munisa Haydarova, 349-maktab o‘quvchisi;
3-o‘rin – Mohira Habibullayeva, 322-maktab o‘quvchisi;

Shashka bo‘yicha:
О‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin – Akbar Shukurov, 350-maktab o‘quvchisi;
2-o‘rin – Fozil Nurmuhammadov, 322-maktab o‘quvchisi;
3-o‘rin – Abdulloh Akbarov, 349-maktab o‘quvchisi;

Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Farzona Rustamjonova, 351-maktab o‘quvchisi;
2-o‘rin – Shahlo Sultonmurodova, 353-maktab o‘quvchisi;
3-o‘rin – Latofat Ikromaliyeva, 350-maktab o‘quvchisi;


So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar