Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Sergeli tumani maktab o‘quvchilari uchun “TiLT Show” dasturi doirasida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi tashabbusi tashkil etilayotgan loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad maktab o‘quvchilarning ingliz tilidan og‘zaki nutq va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xorijiy tillarni mukammal o‘rganishda turli texnologiyalar va metodlardan foydalanish, xorijiy davlatlar madaniyati, urf-odati va an‘analari haqida qiziqarli taqdimotlar va ma‘lumotlar berishdan iborat.

“TiLT Show” dasturi doirasida mashg‘ulotlar haftaning dushanba va juma kunlari 11:30 dan boshlab 208- va 221-auditoriyalarda o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar TDYU professor-o‘qituvchilari va xorijiy ekspertlar tomonidan olib boriladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar