Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Til bilimdonlari” tanloviga start berildi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi tomonidan sovrin jamgʻarmasi 50 million soʻm boʻlgan “Til bilimdonlari” onlayn tanlovini eʼlon qilindi.

Batafsil...

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi va “21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan tanlovda ishtirok etish uchun @tiluzbot orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtish kerak.

Tanlov ishtirokchilariga 20-oktabrdan boshlab har kuni 30 tadan, jami 150 ta oʻzbek tili imlo qoidalari va xatosiz yozish boʻyicha test savollari berib boriladi.

Test savollaridan eng koʻp ball yigʻgan 200 nafar ishtirokchi va loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻladi.

Tanlov nizomi bilan tanishish…

Tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va sertifikatlar hamda quyidagi pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin (1 nafar) – 5 million soʻm;
2-oʻrin (2 nafar) – 4 million soʻm;
3-oʻrin (3 nafar) – 3 million soʻm;
4-oʻrin (4 nafar) – 2 million soʻm;
5-oʻrin (10 nafar) – 1 million soʻm;

Shuningdek, loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchi “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha maxsus sertifikat va 1 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar