Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoiy odil sudlov” fakulteti dekani Dildora Kamalova, xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Muxammad Ali Ramazonov, grantlar bo‘limi xorijiy mutaxassisi Yelena Guseletovadan iborat TDYU delegatsiyasi Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan Shanxay universiteti (Shanghai University)ga tashrif buyurdi.
Ikki oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda Shanxay universiteti huquq maktabi dekani Li Fen Jan xalqaro ofisi direktori He Wen ishtirok etdi.
Uchrashuvda TDYU va Shanxay universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida hamkorlikda turli ilmiy loyiha va dasturlarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotchilarning qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarini tashkil etish, ilmiy adabiyotlar, ma’lumotlar va g‘oyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayonini samarali boshqarishni ta’minlash va o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, ikki oliy ta’lim muassasalari, professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish, elektron kutubxona imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish, Shanxay universiteti talabalarini TDYU magistraturasiga yuborish hamda intellektual mulk va davlat boshqaruvi sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha fikr almashildi.
Yakunda TDYU va Shanxay universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.