Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov “Oʻzbekiston Street Law Akademiyasi” tadbirlarini oʻtkazish uchun tashrif buyurgan xorijiy ekspertlar bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oʻzbekistonda “Street Law” loyihasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., professor Islambek Rustambekov “Oʻzbekiston Street Law Akademiyasi” tadbirlarini oʻtkazish uchun tashrif buyurgan xorijiy ekspertlar — Street Law Inc. Xalqaro dasturlar direktori Ketlin Pavich (AQSh), Nyu York Huquq maktabi professori Emi Uolles (AQSh), Queen Mary Huquqiy maslahat markazi direktori Frensis Ridaut (Buyuk Britaniya), Trumen Bodden Huquq maktabi direktori yordamchisi Endryu Perkins (Buyuk Britaniya) va Nyu York Huquq maktabi talabasi Suzanna Nil bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda “Street Law” loyihasini amalga oshirish, bu borada erishilgan yutuqlar haqida soʻz yuritilib, mamlakatimizda loyihani amalga oshirishni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mehmonlar “Oʻzbekiston Street Law Akademiyasi” doirasida oʻtkazilgan tadbirlardan olgan taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar