Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU qoshidagi akademik litsey bitiruvchilarini TDYU bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun o‘tkazilgan yakka tartibdagi suhbat natijalari yuzasidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari ko‘rib chiqiladi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning tavsiyanomaga ega bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Shunga ko'ra, 12–20-iyul kunlari litseyning bitiruvchilari bilan yakka tartibdagi suhbat jarayonlari ochiq va shaffof tarzda o‘tkazildi.

Yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari 26-iyul kuni Apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellyatsiya shikoyati bergan abituriyentlar 26-iyul 09:30 da TDYU 1-binosiga yetib kelishi zarur.

Hodisalar

Barcha e'lonlar