Farg‘ona shahrida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida davlat xizmatlari markazlari xodimlari uchun gender sezgirligi va inklyuziv xizmat ko‘rsatishga bag‘ishlangan hududiy treninglar o‘tkazildi.
Treninglarni Toshkent davlat yuridik universiteti Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti Tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi Kamola Aliyeva olib bordi.
Mashg‘ulotlarda fuqarolarning jinsi, yoshi, jismoniy imkoniyatlari va raqamli savodxonligidan qat’i nazar, davlat xizmatlaridan teng foydalanishini ta’minlash, xizmat ko‘rsatishdagi mavjud to‘siqlarni kamaytirish hamda Ayollar maslahat guruhlarining amaliy tajribasini joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.