--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda kiberjinoyatlardan himoyalanish masalalari muhokama qilindi

Toshkent davlat yuridik universitetida talabalarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash va raqamli tahdidlarga qarshi ogohligini oshirish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Kiberta’lim bo‘limi boshlig‘i Sherzod Yormatov ishtirok etdi.

Uchrashuvda kibermakondagi eng dolzarb tahdidlar, xususan, kiberfiribgarlik va fishing hujumlari, soxta hisoblar va zararli havolalar, ijtimoiy muhandislik orqali shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, bank kartalari va elektron to‘lovlar bilan bog‘liq firibgarliklar hamda ularning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Mutaxassis tomonidan talabalarga kuchli parollardan foydalanish, ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqish, shubhali xabarlarga ishonmaslik hamda shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, kiberjinoyat alomatlariga duch kelganda qanday harakat qilish va vakolatli organlarga murojaat etish tartibi tushuntirildi.

Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.





Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti