Toshkent davlat yuridik universitetida yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning ma’naviy tafakkurini boyitish va milliy adabiyotimizga qiziqishini kuchaytirishga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda taniqli ijodkorlar Muhiddin Omon, Chorsham Ro‘ziyev va Nuriddin Aminjon talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida adabiyotning inson kamolotidagi o‘rni, kitob mutolaasining tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati, ijodkorlik, ma’naviy qadriyatlar va yoshlarning kelajak maqsadlari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, ijodkorlar universitetda talabalarning bilim olishi va iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar, Axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir yakunida ijodkorlar va universitet vakillari tomonidan universitet hovlisiga mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.