Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, professor Baxshillo Xodjayev Olmazor tumanidagi ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning uylarida bo‘lib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida xonadonlarning umumiy holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, issiqlik ta’minoti, elektr va gaz tarmoqlarining xavfsizligi hamda yong‘in xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Talabalar bilan samimiy muloqot davomida rektor ularning muammolari, fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi.
Rektor talabalarning xavfsiz, sog‘lom va munosib sharoitda yashashi universitet rahbariyatining ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidlab, yoshlarni kitobni doimiy hamrohga aylantirish, o‘z ustida muntazam ishlash, mustaqil fikrlash va tahliliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga chorladi.
O‘rganish yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijara xonadonlaridagi sharoitlarni muntazam nazorat qilish hamda talabalarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘makni kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.