Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Kardif universiteti o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Buyuk Britaniyaning Kardif universiteti delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori Akbar Tashkulov, prorektorlar Islombek Rustambekov va Dilshod Umarov, boshqarma boshliqlari Rustam Umarov va Sardor Bozorov hamda Kardif universitetining birinchi prorektori Urfan Halik, Gumanitar va ijtimoyi fanlar kolleji dekani Kennet Gamilton va Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Anne Morgan ishtirok etdi.

Tadbirda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida nafaqat akademik, balki madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim va akademik almashinuv hamda tadqiqot dasturlari, shuningdek, xodimlar almashinuvini amalga oshirish, TDYU bitiruvchilarining Kardif universiteti magistraturasida tahsil olishini ta’minlash, TDYUga britaniyalik professor-o‘qituvchilarni jalb etish va QAAning 10 standartlari bo‘yicha ko‘mak berish masalalari muhokama qilindi.

TDYU rektori Akbar Tashkulov boshchiligidagi delegatsiyaning Kardif universitetiga tashrifi chog‘ida imzolangan memorandumda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha universitetda qator ishlar bajarilayotgani ta‘kidlandi.

Xususan, Toshkent davlat yuridik universiteti QAA bo‘yicha universitet prorektori Islombek Rustambekov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, ushbu yo‘nalishda keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilishi alohida qayd etildi.

Uchrashuv davomida mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish, TDYUning xalqaro reytinglardagi ishtirokini ta’minlash va ushbu reytinglardagi nufuzini oshirish, hamda bu borada Kardif universiteti tajribasini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu yo‘nalishda TDYU ishchi guruhi va Kardif universiteti vakillari tomonidan kelgusidagi hamkorlik chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tizimli ishlar amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida Kardif universiteti delegatsiyasi uchun TDYU bo‘ylab sayohat tashkil etilib, mehmonlarga Yuridik klinika, tarkibiy tuzilmalar faoliyati, universitetdagi o‘quv jarayoni haqida ma’lumotlar berildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar