Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va BI Norvegiya biznes maktabi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

BI Norvegiya biznes maktabi vakillari Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov, prorektor Dilshod Umarov, Xalqaro boshqarma bosh mutaxassisi Bobur Uzakov, Norvegiya amaliy fanlar universiteti professori, yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat dasturlari rahbari Marion Xolt Hirst va Yosh mehnat huquqi huquqshunoslari assotsiatsiyasi asoschisi va boshqaruv kengashi aʼzosi Aleksandr Sonderland Skyonberg ishtirok etdi.

Uchrashuvda mehmonlarga Toshkent davlat yuridik universitetidagi o‘quv va ta’lim jarayoni, ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik aloqalar, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi qo‘shma ta’lim va talabalarning akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, norvegiyalik mutaxassislarni TDYUagi ilmiy tadqiqot va o‘quv jarayonlariga jalb qilish, oʻquv jarayonini samarali boshqarish va TDYUda oʻqitishning innovatsion usullarini tatbiq etish boʻyicha uslubiy yordam ko‘rsatish hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida norvegiyalik professorlar tomonidan TDYU talabalari uchun ochiq ma’ruza tashkil etildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar