--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU “UI GreenMetric World University Rankings 2026” xalqaro reytingida Markaziy Osiyo universitetlari orasida 1-o‘rinni egalladi

“UI GreenMetric World University Rankings 2026” xalqaro reytingi natijalari e’lon qilindi. 

110 mamlakatdan 2016 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etgan mazkur reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘tgan yilgi natijasidan 50 pog‘ona yuqorilab, 132-o‘rinni egalladi hamda Markaziy Osiyo universitetlari orasida eng yuqori natijani qayd etdi. 

Asoiy mavzusi “Advancing Sustainable Campuses through Governance, Digitalization, and Integrated Performance” — ya’ni boshqaruv, raqamlashtirish va kompleks faoliyat samaradorligi orqali barqaror kampuslarni rivojlantirishga qaratilgan joriy yilgi reytingda TDYU 8525 ball to‘pladi. 

Universitetimizning “UI GreenMetric World University Rankings 2026” reytingidagi mazkur natijasi Toshkent davlat yuridik universitetining “yashil” rivojlanish, ekologik mas’uliyat va barqaror universitet modelini shakllantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarining xalqaro miqyosdagi e’tirofidir.

Ma’lumot uchun: “UI GreenMetric World University Rankings” universitetlarning barqaror rivojlanish, ekologik boshqaruv, energiya va iqlim, chiqindilarni boshqarish, suv resurslaridan foydalanish, transport, ta’lim va tadqiqotlar hamda boshqaruv va raqamlashtirish yo‘nalishlaridagi faoliyatini kompleks baholaydi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti