Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Talabalar festivali” yakunlandi: “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti umumiy hisobda 1-o‘rinni egalladi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostida navbatdagi “Talabalar festivali” o‘tkazildi.

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ham ma’nan, ham jismonan barkamol bo‘lishida ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan festival doirasida san’at, sport, kitobxonlik va huquq yo‘nalishlarida 20 dan ortiq loyiha va tanlovlar o‘tkazildi.

Festival doirasida o‘tkazilgan turli sport turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari, “Huquqiy nishon”, “Brain”, “Kitobxon yurist”, “25-savol”, “Quest Step by Step”, “Typing kompetetion”, “Talabalar teatr studiyalari”, “Quvnoqlar va zukkolar” kabi tanlovlar, fan olimpiadalari va boshqa tadbirlarda 2000 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.

Jamoaviy va individual bellashuvlar yakunida umumjamoa hisobida talabalarning qo'lga kiritgan yutuqlariga ko'ra “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlar “Xususiy huquq” va “Jinoiy odil sudlov” fakultetlariga nasib etdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar